1

"El-yurt umidi" jamg`armasi takomillashtiriladi

Jamiyat 05.01.2019, 09:32
"El-yurt umidi" jamg`armasi takomillashtiriladi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha “El-yurt umidi” jamg`armasining dasturlari bo`yicha kadrlarni o`qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, “El-yurt umidi” jamg`armasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha 2019 yilga mo`ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Jamg`arma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o`tkazish uchun nomzodlarni saralab olish quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi:

  • ta`lim;
  • fan va ilmiy tadqiqotlar;
  • sog`liqni saqlash;
  • davlat boshqaruvi;
  • iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.

2019-2021 yillarda o`qishga yuboriladigan kadrlarning miqdori 4 mingdan kam bo`lmagan miqdorda, umumiy o`rinlarning 20 foizidan kam bo`lmaganmiqdorini magistratura va doktoranturada o`qish uchun ajratilishi belgilandi.

Vazirliklar va idoralar har yili 1 avgustgacha xorijdagi etakchi universitetlar, ilmiy markazlarda kadrlarni o`qitishga buyurtmalarh portfelini shakllantiradi hamda eng yaxshi nomzodlarni Jamg`arma tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya qiladi.

Jamg`armaning Vasiylik kengashi xalqaro 500 talik yoki fan yo`nalishi bo`yicha 200 talik ro`yxatga kirgan xorijiy ta`lim muassasalari va ilmiy markazlarning magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil kirgan fuqarolarga Jamg`arma stipendiyalarini ajratishi mumkin.

2019 yil 1 apreldan stipendiyalarni olishga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) o`qitish choralari ko`riladi.

O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi 2019 yilda Jamg`arma dasturlarini moliyalashtirishga 3 million AQSh dollar ajratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1