AsosiyDunyo

Kristofer Nolan nega o`z filmlarida Tom Xardining yuzini yopib qo`yishini tushuntirdi

'Kristofer Nolan nega o`z filmlarida Tom Xardining yuzini yopib qo`yishini tushuntirdi 'ning rasmi

Kristofer Nolan nega o`z filmlarida Tom Xardining yuzini yopib qo`yishini tushuntirdi, deya yozmoqda Intermedia.ru nashri.

Rejissyor aynan ikki filmida: “Zulmat risari: Afsonaning qayta tug`ilishi” va “Dyunkerk” kartinalarida Xardining personajlarini niqob bilan paydo bo`lishini tushuntirdi:

- Men Tomning “Zulmat risari”dagi ikki ko`z, qosh va peshonasi orqali yaratgan obrazidan juda hayratlandim. Keyin “Qani, ko`raylik-chi, bir ko`z bilan nimaga qodir ekan?” deb o`yladim. Ammo Tom Tomligicha qoldi. U birgina ko`zi bilan ko`pchilik aktyorlar butun tanasi bilan bajarolmaydigan xarakterni ochib berdi. U takrorlanmas shaxs, - deydi Nolan.

    Boshqa yangiliklar