1

Paralimpiyachilarga pul mukofotlari topshiriladi

Sport 30.10.2014, 10:18
Paralimpiyachilarga pul mukofotlari topshiriladi

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov farmoyishiga ko`ra  Janubiy Koreyada o`tgan ParaOsiyo o`yinlari g`olib va sovrindorlariga pul mukofotlari topshiriladi.

Eslatamiz, Incheon shahrida jismoniy imkoniyatlari cheklangan sportchilar o`rtasida bo`lib o`tgan musobaqalarda O`zbekistondan 27 nafar sportchi qatnashib, ular 31 ta medalni qo`lga kiritdi.

O`zbekiston milliy paralimpiya assosiasiyasi ma`lumotiga ko`ra, o`zbek sportchilari dzyudo, engil atletika, suzish va o`q otish turlarida medallar uchun bellashishib, 22ta oltin, 5ta kumush va 4 bronza medalni qo`lga kiritgan.

Medallar soni bo`yicha O`zbekiston jamosi 41ta davlat ichida beshinchi o`rinni egallagan.

2010 yili Xitoyning Guanjou shahrida bo`lib o`tgan ParaOsiyo o`yinlarida O`zbekistondan 21 nafar sportchi ishtirok etib, bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medaliga sazovor bo`lgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1