Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi hamda Buxoro viloyati bojxonachilari tomonidan katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida qo`shni davlatdan Buxoro viloyatida faoliyat ko`rsatuvchi “Juizar” mas`uliyati cheklangan jamiyati nomiga import tartibida olib kelingan yog`och mahsulotlari bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada vagonlar ostki qismiga yashirilgan umumiy qiymati 4 milliard 220 million so`mdan ortiqni tashkil etuvchi 19 turdagi 102 ming 118 dona pirotexnika vositalari hamda 56 turdagi 5613 dona “Gerbolayf” nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo`shimchalar borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






