Oʻzbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Farmonga muvofiq:
- 2019 yil 1 fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar roʻyxati kengaytiriladi;
- 2019 yil 15 martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qoʻshimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.
Farmonga koʻra, 2019 yilning 1 fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.
Quyida ushbu davlatlar roʻyxati keltirilgan:
- Avstraliya
- Avstriya
- Argentina
- Bosniya va Gersegovina
- Vatikan
- Lyuksemburg
- Vengriya
- Bruney-Darussalam
- Gretsiya
- Irlandiya
- Islandiya
- Italiya
- Kanada
- Andorra
- Lixtenshteyn
- Monako
- Belgiya
- Daniya
- Ispaniya
- Niderlandiya
- Norvegiya
- Shvetsiya
- Latviya
- Litva
- Mongoliya
- Yangi Zelandiya
- Portugaliya
- Bolgariya
- Kipr Respublikasi
- Malta
- Polsha
- San-Marino
- Serbiya
- Sloveniya
- Xorvatiya
- Chili
- Ruminiya
- Slovakiya
- Buyuk Britaniya
- Braziliya
- Finlyandiya
- Chernogoriya
- Chexiya
- Shveysariya
- Estoniya






