1

Ueyn Runi Manchester derbisini o`tkazib yuborishi mumkin

Sport 30.10.2014, 11:54
Ueyn Runi Manchester derbisini o`tkazib yuborishi mumkin

“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi Angliya Premer-ligasining 10-turidan o`rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o`yinni o`tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, Runi “Vest Xem” jamoasiga qarshi o`yindagi qo`polligi uchun ikkita o`yinga diskvalifikasiya qilingandi. Uning diskvalifikasiyasi yakuniga etgan. Ammo futbolchi mashg`ulotlar paytida kichik jarohat oldi. Ushbu jarohat unga derbida maydonga tushishga halaqit berishi mumkin.

Ueyn Runi “Manchester Siti”ga qarshi o`yinlarning eng yaxshi to`purari ekanini ham alohida ta`kidlash kerak. U raqibga qarshi o`yinda jami 11ta gol kiritgan.

Manba: www.football.kulichki.net   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1