O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” gi PQ-4038-sonli hamda “Moddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-4068-sonli qarorlari tasdiqlangan.
Uning ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan joriy yil yanvar oyining birinchi o`n kunligida Toshkent shahridagi mavjud ta`mirtalab madaniy meros ob`ektlari xatlovdan o`tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.



Shuningdek, atroflicha o`rganilgan madaniy meros ob`ektlarini restavrasiya qilish ishlari borasidagi ma`lumotlar muntazam yoritib boriladi.






