1

Janubiy Koreya OAV: «Jahon chempionatida hakamlik qilish bo`yicha Koreyaning asosiy raqibi — O`zbekiston»

Sport 31.10.2014, 09:13
Janubiy Koreya OAV: «Jahon chempionatida hakamlik qilish bo`yicha Koreyaning asosiy raqibi — O`zbekiston»

Janubiy Koreyaning Sports Dong-a nashriga ko`ra, Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi mamlakatda hakamlar saviyasini oshirish va 2018 yilgi Jahon chempionatida koreyalik hakamlarning ham ishtirok etishiga erishish uchun ulkan loyiha ishlab chiqmoqda. Braziliyada o`tgan Jahon chempionatida Janubiy Koreyadan birorta ham hakam ishtirok etmagani tufayli endilikda futbol assosiasiyasi hakamlar tayyorlashga jiddiy kirishgan ko`rinadi, deb xabar beradi Stadion.uz.

Yaqinlashayotgan Osiyo Kubogi — 2015 musobaqasiga koreyslar olti nafar hakamni yuborishi rejaga kiritilgan bo`lib, Koreya OFK tomonidan yuqori baholanadigan olti hakamni 2018 yilgi JChga ham borishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.

Sports Dong-a nashri bu borada shunday yozadi: «Hamma masala Osiyo Kubogi davomida hal bo`lishi mumkin. Ushbu turnirda yaxshi fazilatlarini ko`rsatib, OFKning rag`batiga erishish — hakamlarimiz uchun JChga yo`lni ochib beradi. Jahon chempionatiga esa FIFAga har bir qit`a futbol konfederasiyasi tavsiya etgan hakamlar borishi kundek ravshan.

Koreys hakamlari ham JCh ostonasiga qadam tashlashi uchun futbol assosiasiyamiz faollik ko`rsatishi zarur. Albatta, bizning hakamlarimiz uchun O`zbekiston, Avstraliya, Bahrayn va qisman eronlik hakamlar asosiy raqobatchi bo`lib qolaveradi».

Janubiy Koreya Futbol assosiasiyasi hakamlar bo`limi rahbari Jong Xe Song esa quyidagicha fikr bildirgan: «Janubiy Koreya terma jamoasi Osiyoda yuqori natijalarga erishib kelyapti. Ammo hakamlarimiz borasida bunday maqtana olmaymiz. Biz hakamlarimiz ham terma jamoamiz kabi xalqaro maydonda yuksak cho`qqilarga chiqishi uchun dastur ishlab chiqdik».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1