AsosiySport

Anzur Ismoilov: Yaponiya bilan o`yinda ham g`alaba uchun maydonga tushamiz

'Anzur Ismoilov: Yaponiya bilan o`yinda ham g`alaba uchun maydonga tushamiz'ning rasmi

Terma jamoamiz futbolchisi Anzur Ismoilov Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o`yindan so`ng o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

«Bugun qo`llagan hujumkor taktikamiz nima bilan bog`liq? Bu raqibga ham, o`zimizga ham bog`liq.Birinchi o`yin biroz qiyinroq o`tdi. Boisi, ikki oy davomida o`rtoqlik o`yini o`tkazmagandik. Bitta o`yin orqali barchasi joyiga tushib ketdi, bir-birimizni yanada yaxshiroq tushuna boshladik. G`alaba orqali o`zimizga bo`lgan ishonchimizni ko`tarib oldik.

Bugungi o`yinda faqat va faqat g`alaba qozonishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygandik. Uchrashuv davomida raqib xatolaridan ham foydalana oldik va o`z maqsadimizga erishdik.

Yirik g`alabani kutganmidik? Asosiy maqsadimiz g`alaba qozonish edi. Turkmaniston Yaponiyaga qarshi juda yaxshi o`yin namoyish etgandi. Yaponiyadek jamoa darvozasiga hamma ham ikkita gol kirita olmaydi.

Yaponiya terma jamoasi bilan o`tkaziladigan o`yinda ham g`alaba uchun maydonga tushamiz», – dedi Anzur Ismoilov.

    Boshqa yangiliklar