Bugun O`zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini boshlaydi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo`mitasi.
Hamyurtimiz qur`a yakuniga ko`ra, turnirning ilk bosqichida shveysariyalik mashhur tennischi Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi.
Ma`lumot uchun, Istomin jahon reytingida 101, Federer esa 3-o`rinni egallab turibdi. Shu kungacha tennischilar olti marotaba o`zaro o`yin o`tkazishgan va ularning barchasida shveysariyalik tennischining qo`li baland kelgan. Qayd etish lozimki, Federer Avstraliya Ochiq chempionatining 6 karra g`olibi hisoblanadi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:30 dan so`ng boshlanadi.






