AsosiySport

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizda tantanali kutib olindi

'Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizda tantanali kutib olindi'ning rasmi

Bugun, 15 yanvar kuni Osiyo chempionatida sovrindor bo`lgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisi Tanzila Narbaeva, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o`rinbosari Sharifjon Mo`mindjanov, O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi mutasaddilari, yosh velosportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o`tamiz, musobaqa davomida O`zbekiston terma jamoasi sportchilari 7 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza) qo`lga kiritishdi. Ushbu muvaffaqiyat sportchilarimizga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etdi.

    Boshqa yangiliklar