AsosiySport

Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi

'Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidan o`rin olgan uchrashuvda Yaponiyaga qarshi o`ynaydi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10ta o`yin o`tkazgan. Shulardan 1ta o`yinda g`alaba qozongan, 3ta o`yin durang bilan tugagan, 6ta uchrashuvda esa mag`lubiyat alamini totib ko`rganmiz. To`plar nisbati 9-28 — Yaponiya foydasiga.

Tariximizdagi yagona g`alabani 2012 yil 29 fevral kuni qo`lga kiritganmiz. O`shanda Aleksandr Shadrin tomonidan kiritilgan yagona gol vakillarimizga g`alaba taqdim qilgandi.

11.09.1996 Yaponiya - O`zbekiston 1:0

09.12.1996 Yaponiya - O`zbekiston 4:0

07.09.1997 Yaponiya - O`zbekiston 6:3

11.10.1997 O`zbekiston - Yaponiya 1:1

17.10.2000 Yaponiya - O`zbekiston 8:1

15.10.2008 Yaponiya - O`zbekiston 1:1

06.06.2009 O`zbekiston - Yaponiya 0:1

06.09.2011 O`zbekiston - Yaponiya 1:1

29.02.2012 Yaponiya - O`zbekiston 0:1

31.03.2015 Yaponiya - O`zbekiston 5:1

Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o`rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog`onani egallab turibdi. "Samuraylar" Osiyo Kuboklarida hammadan ko`p jami 4 marta g`alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41ta o`yin o`tkazishgan. Shulardan 24tasida g`alaba qozonib, 12ta o`yinda durang qayd etishgan va atigi 5ta o`yinda mag`lub bo`lishgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston - Yaponiya uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 17:30da (Toshkent vaqti bilan soat 18:30da) Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo`lib o`tadi. Bugungi uchrashuvda milliy terma jamoamizga omad yor bo`lishini tilab qolamiz!

    Boshqa yangiliklar