AsosiySport

Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan uchrashuvidan oldin o`z fikrlarini bildirib o`tdi

'Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan uchrashuvidan oldin o`z fikrlarini bildirib o`tdi'ning rasmi

Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan o`rin olgan O`zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

"Avvalambor, yigitlarimiz keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilishgani bilan tabriklayman. Minimum vazifa bajarilgani tashqi bosimni kamaytiradi. Keyingi o`yinlarda futbolchilar yanada kuchliroq o`yin namoyish qilishlariga yordam beradi. Yaponiyaga qarshi o`yinda bosim yo`q bo`lsa-da, mas`uliyat bor. Futbolchilarimiz g`oliblik ruhini yo`qotmaslik uchun ham bu o`yinda g`alaba uchun harakat qilishadi.

Murabbiylar shtabi futbolchilarimizni Yaponiyaga qarshi o`yinga to`g`ri tayyorlashlariga ishonchim komil. Pley-off o`yinidan oldin Yaponiyaga qarshi uchrashuv juda ham qo`l keladi. Bu o`yinda g`alaba qozonadigan bo`lsak, o`zimizga bo`lgan ishonchimiz yanada ortadi. Futbolchilarimiz o`yindan-o`yinga kuchayib borishmoqda. Albatta, Yaponiya kuchli raqib. Lekin bizning yigitlar bugun chiroyli o`yin namoyish qilishlariga ishonaman.

Yaponiyaga qarshi o`yinda terma jamoamizga omad tilab qolaman!" - deydi Haydarov.

    Boshqa yangiliklar