1

Xalk “Zenit” rahbariyatidan uni sotishlarini so`ramoqchi emas

Sport 02.11.2014, 12:42
Xalk “Zenit” rahbariyatidan uni sotishlarini so`ramoqchi emas

“Zenit” futbol klubining braziliyalik hujumchisi Xalk klub shartnoma muddati tugaguncha, ya`ni 2017 yilgacha qolishini ma`lum qildi. Braziliyalik o`yinchi bilan shartnoma 2017 yil 30 iyunda nihoyasiga etadi.

"Bunday qarorga kelishimga klubga Andre Villash-Boashning kelishi sabab bo`ldi, - deydi Xalk. – U kelgandan keyin hammasi yaxshi tomonga o`zgardi. Zararli odamlar ketdi, jamoa birlashdi, shuning uchun ham hammasi yaxshi. Klub menga yaxshi haq to`layapti va men ham shartnoma muddati tugaguncha qolaman. Men “Zenit” rahbariyatidan sotishlarini iltimois qilmayman.

Xalk 2012 yil “Portu”ga o`tgan edi. Transfer bahosi turli manbalarga ko`ra, 40-60 million evroni tashkil etdi. U “Zenit”da 83 ta o`yin o`tkazib, 43 ta gol urdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1