"2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risida”ga farmonida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashi tashkil etish belgilandi.
Farmonga ko`ra, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta`minlashni amalga oshirish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etiladi.
Mazkur, Ekspert kengashi tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarni kiritish ko`zda tutilgan.
18.01.2019 05:35
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashi tashkil etiladi






