Qozog`istonning Petropavlovsk shahrida sport akrobatikasi bo`yicha xalqaro turnir tashkil etildi, deb xabar bermoqda MOQ.
Unda Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston va Rossiyadan 12 jamoa ishtirok etdi. 180 nafar sportchi qatnashgan turnirda vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga sazovor bo`lishdi.
13-19 yoshli sportchilar o`rtasidagi bahslarda Doston Najmiddinov – Timur Ibragimov (Toshkent) tandemi, shuningdek, Sitora Qosimova, Milena Zaborskaya, Anastasiya Pak(Toshkent) uchligi oltin medalni qo`lga kiritdi.
12-18 yoshli sportchilar orasida esa Shahzod Jumaqulov, Damir Xafizov, Diyorbek Kamoliddinov va Abdullo Naimov (Samarqand) lardan tashkil topgan guruh shohsupaning ikkinchi pog`onasidan joy oldi.






