Portugaliyaning Madeyra viloyatida Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga atab haykal qo`yiladi. Bu haqda «Segodnya» nashri xabar bermoqda.
Haykalning tantanali ochilish marosimi 2014 yil 21 dekabrda bo`lib o`tishi va unda taniqli futbolchining o`zi ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyat hukumati Ronalduga maxsus sovrin ham topshiradi.
Ma`lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Madeyra orolining bosh shahri va dengiz porti hisoblangan Funshalda dunyoga kelgan.
daryo.uz





