AsosiySiyosat

Sodiq Safoev nima uchun Germaniya O`zbekistonga e`tibor qaratayotganini izohlab berdi

'Sodiq Safoev nima uchun Germaniya O`zbekistonga e`tibor qaratayotganini izohlab berdi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev "Xalq so`zi"ga bergan intervyusi chog`ida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, uning ahamiyati xususida gapirib o`tdi.

"Savol tug`ilishi tabiiy: "Nima uchun Germaniya bizga shunday e`tibor ko`rsatyapti?" yoki "Ularning manfaatlari nimadan iborat?" degan. Buni shunday izohlash mumkinki, Germaniya rahbariyati, barcha siyosatchilari mintaqa uchun o`z mas`uliyatini sezgan holda, aniq biladi, Markaziy Osiyo, bu — nihoyatda muhim mintaqa. Aynan O`zbekiston yuritayotgan siyosat natijasida mintaqada nihoyatda ulkan o`zgarishlar kuzatilyapti.

O`z navbatida, ushbu jarayonlar global muammolarni echish uchun ham va bu erdagi imkoniyatlardan foydalanishda ham yangi ufqlarni ochmoqda. Masalan, qanday muammolar bor? Bular xalqaro terrorizm, giyohvandlik biznesi, ekologik masalalardir. Ularning hammasini faqat birgalikda amalga oshirish mumkin.

Imkoniyatlar haqida so`z yuritadigan bo`lsak, O`zbekistonning G`arb bilan hamkorlikka intilishi juda katta. Chunki Evropa texnologiyalari, peshqadam firmalar iqtisodiyot rivoji uchun alohida o`ringa ega. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo Germaniya singari boshqa Evropa davlatlari uchun ham muhim mintaqadir. Bu katta va tobora ortib borayotgan iste`mol bozori sifatida ko`riladi.

Qolaversa, Markaziy Osiyoning geoiqtisodiy joylashuvi butun Evrosiyo bilan hamkorlikning muhim nuqtasi sanaladi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyodagi barqarorlik izdan chiqmasligi, keng iqtisodiy hamkorlikni yaratishni barcha rivojlangan davlatlar yaxshi anglaydi va shunday siyosatni ilgari surishga harakat qiladi", - deya gapirib o`tdi Safoev.

    Boshqa yangiliklar