Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos 28 yanvar kuni poytaxtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o`tgandik. Shu kuni Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo`lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.
Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O`FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu erning o`zida faxriy futbolchilar ishtirokida o`rtoqlik o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to`p suradi.
"Braziliyalik futbolchi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u erdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg`alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo`mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi", - deyilgan O`FA xabarida.
Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalarini mazkur tadbirlarni yoritishga va matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etilmoqda.






