AsosiyJamiyat

Qashqadaryoliklar mahalladoshining uyidan zargarlik buyumlari va 200 dollarni o`g`irlab ketdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi uy bekasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda, «Postda» gazetasiga asoslanib, Daryo.uz xabar bermoqda.

Ayol noma`lum shaxslar eshik qulfini buzib kirib, xonadonidan olti turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va 200 AQSh dollarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qildi.

Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining ikki mahalladoshi va qo`shni qishloqda yashovchi shaxs sodir etgani fosh etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar