23 yoshli qiz yarim tunda Puente-de-Isabel II ko`prigi yuqorisida suratga tushmoqchi bo`lgan. Bir necha daqiqadan keyin muvozanatni yo`qotib, pastga qulagan, deya xabar bermoqda daryo.uz.
To`rt yarim metr balandlikdan yiqilgan qiz ko`prikning beton ustuniga urilgan. Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar qizning yuragi to`xtaganini qayd etgan va uni qayta ishga tushirgan. Og`ir ahvoldagi qiz shifoxonada vafot etgan.
Sevilya meriyasi vakillari buni baxtsiz hodisa deb atab, ko`prikda qo`shimcha to`siqlar o`rnatishga va`da bergan. Polsha matbuoti xabariga ko`ra, Rayxel Lyublin shahrida yashagan va tibbiyot sohasida o`qigan. O`qishni tugatgach Ispaniyaga butunlay ko`chib ketmoqchi bo`lgan.





