AsosiySport

Futbolga aloqador shaxslar maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi

'Futbolga aloqador shaxslar maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakat futboli rivojiga to`sqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qo`yilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qo`l urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi, deb xabar berdi O`FA matbuot xizmati.

Endi, tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, futbol rivojiga to`sqinlik qiladigan ta`magirlik, korrupsiya, porxo`rlik, kelishilgan o`yinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz bo`ladi.

Tashkilot o`tgan yildagidan farqi o`laroq, endi faqatgina o`z inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yo`lga qo`yadi. Ya`ni, futbol rivojiga to`sqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan O`FA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi.

Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, O`FA yoki PFLda faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa-da, o`zi qonunlarga zid ish ko`rayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi.

    Boshqa yangiliklar