1

UNESCO O`zbekistonni "Markaziy Osiyoning yuragi" deb atadi

Madaniyat 29.01.2019, 09:42
UNESCO O`zbekistonni "Markaziy Osiyoning yuragi" deb atadi

UNESCO’ning "Buyuk Ipak yo`li" loyihasi rahbari Xose Mario Chikilo «Shaharlari Buyuk Ipak yo`li bo`ylab joylashgan O`zbekiston "Markaziy Osiyoning yuragi" deb fikr bildirgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

"O`zbekiston bizning loyihada ishtirok etayotgan davlatlar orasida namunali davlatdir. Ushbu mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha choralar dunyo hamjamiyati oldida mamlakat imidjiga ijobiy ta`sir qilmoqda", - dedi Xose Mario Chikilo.

Xose Mario Chikilo, shuningdek, O`zbekiston nafaqat turizm sohasida, balkim demokratiyalashtirish jarayonida ham oldinga qadam tashlayotganini va yaqin kelajakda Markaziy Osiyo geosiyosatida muhim rol o`ynashini ta`kidladi.

Ispaniyadagi ko`rgazmaga tashrif buyurgan O`zbekiston delegasiyasi tarkibiga O`zbekiston Turizmni rivojlantirish qo`mitasi, "O`zbekiston havo yo`llari" hamda Madriddagi O`zbekiston elchixonasi vakillar kirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1