AsosiySport

Toshkent dzyudo bo`yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

'Toshkent dzyudo bo`yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi'ning rasmi

1-2 fevral kunlari poytaxtimizdagi MHSK sport majmuasida dzyudo bo`yicha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy Nikolay Qo`ldoshev xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir bo`lib o`tadi, dnb xabar bermoqda MOQ.

10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari qo`shni Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham tatamiga chiqishi kutilmoqda.

Ushbu xalqaro turnir 1999-2000 yillarda tavallud topgan yosh polvonlar o`rtasida tashkil etiladi. Musobaqada 16 ta vazn toifasida g`olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Bahslar quyidagi vazn toifalarida o`tkaziladi:

O`g`il bolalar: -55, -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg

Qizlar: -44, -48, -52, -57, -63, -70, -78,+78 kg

Reja bo`yicha 1 fevral kuni ishtirokchilarni tarozidan o`tkazish hamda musobaqaga qur`a tashlash marosimi tashkil etilsa, 2 fevralda ko`rsatilgan vazn toifalari bo`yicha bahslar bo`lib o`tadi. Janglar soat 10:00 da start oladi. Final bellashuvlari esa soat 17:00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar