AsosiySport

Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi

'Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi'ning rasmi

1 fevral kuni Osiyo Kubogi-2019 finali bo`lib o`tadi. Finalda Qatar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv o`zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Abu Dabidagi «Zayed Sports City Stadium» o`yingohida bo`lib o`tadi.

Qatar termasi mezbon BAAni 4:0 hisobida engib finalga chiqqan bo`lsa, Yaponiya esa Eronga javobsiz 3ta to`p farqi bilan enggan edi.

    Boshqa yangiliklar