1

Boylikka o`ch ona hikoyasi “Fazilat xonim va qizlari” serialida

Madaniyat 01.02.2019, 15:26
Boylikka o`ch ona hikoyasi “Fazilat xonim va qizlari” serialida

“Sevimli” telekanali o`z muxlislarini zeriktirib qo`ymaslik, yangi seriallar bilan tanishtirish maqsadida turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Fazilat xonim va qizlari” serialini “Istanbullik kelin” serialining o`rniga dushanbadan jumaga qadar efirga uzatadi.

Tomoshabinlarning sevimli serialiga aylangan “Istanbullik kelin” seriali esa shanba dam olish kuni kechqurun efirga uzatiladi.

Onalar har doim farzandlarining baxtli, to`la-to`kis hayot kechirishini istashadi. Shu maqsadda ularni o`z maqsadlariga etishish yo`lidagi qurolga aylantirishadi. Fazilat xonim yuqorida aytib o`tilgan barcha xislatlarni o`zida jamlagan ayoldir. Qashshoqlikda voyaga etgan Fazilatxonim qizlarining shohona kun kechirishini istaydi. Shuning uchun ham qizlari bilan ko`p nizoga boradi. Bundan tashqari serialda jamiyatning boy va kambag`al qatlamlari o`rtasidagikeskin farq, ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi murakkab munosabatlar hamyaxshi ochib berilgan.

Fazilat xonim o`z manfaati yo`lida hech narsadan qaytmaydigan ayoldir. U hayotning mazmunini pul va shon-shuhratga ega bo`lish deb biladi. Shunga qaramay, ikki guldek qizi bor bo`lgan bu ayol o`rtamiyona kun kechirishga majbur. U bunday taqdirga rozi emas. Fazilat xonimning qizlari o`z baxtini topadimi? Hayot quvonchlaridan mosuvo bo`lgan ayol o`z maqsadiga erishadimi? Bu savollarga mashhur turk aktyorlari jamoasi yig`ilgan “Fazilat xonim va qizlari” serialini tomosha qilgach, javob topishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1