AsosiySport

Qatar terma jamoasi ilk marotaba Osiyo chempioni bo`ldi

'Qatar terma jamoasi ilk marotaba Osiyo chempioni bo`ldi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi yakuniga etdi. Finalda Yaponiya va Qatar terma jamoalari bellashdi.

O`yin teng kurashlar ostida o`tgan bo`lsa-da, qatarliklar o`z imkoniyatlaridan unumliroq foydalanib qolishdi va 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi.

12-daqiqada musobaqa to`purari Ali Almu`iz qaychi uslubida zarba yo`llab, Yaponiya darvozasiga to`p kiritdi. Oradan 15 daqiqa o`tgach, Hatim uzoq masofadan yo`llangan zarba natijasida chiroyli gol urib, hisobdagi farqni oshirdi. 69-daqiqada Minamino darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, yaqin masofadan to`pni uning ustidan oshirib, darvozaga kiritdi. 83-daqiqada Afif penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobning 3:1 bo`lishini ta`minladi.

Natijada, Qatar terma jamoasi o`z tarixida ilk marotaba Osiyo chempioni bo`ldi.

Qayd qilish joizki, bahsni hamyurtimiz Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida boshqarib bordi.

Osiyo Kubogi
Final
1 fevral
Yaponiya – Qatar 1:3 (0:2, 1:1)

Gollar: Minamino (69) – Almu`iz (12), Hatim (27), Afif (83 pen)
Yaponiya: Gonda, Nagatomo, Tomiyasu, Shiotani, Sakai, Yoshida, Shibasaki, Haraguchi, Minamino, Doan, Osako
Qatar: Ash-Shib, Korrea, Hasan, Salmon, Ar-Roviy, Madibo, Hatim, Xuxiy, Al-Haydos, Afif, Almu`iz
Ogohlantirishlar: Shibasaki (20), Yoshida (82), Sakai (86) – Afif (84), Korrea (90+3)

    Boshqa yangiliklar