1

O`zbekiston Davlat san`at muzeyi eksponatlari restavrasiya qilinadi

Madaniyat 02.02.2019, 15:35
O`zbekiston Davlat san`at muzeyi eksponatlari restavrasiya qilinadi

O`zbekiston davlat san`at muzeyidagi eksponatlar Fransiyaning Luvr muzeyi ta`mirshunoslari tomonidan ko`zdan kechiriladi. Bu jarayonda ayrimlari ta`mirlanadi, o`zaro tajriba almashiladi va mahorat darslari o`tkaziladi.

Muzeyga Luvr muzeyi mutaxassislari tashrifi chog`ida mazkur hamkorlik ishlari joriy yilning may oyidan boshlanishi rejalashtirilayotgani ma`lum qilindi, deb yozmoqda O`zA.

Mutaxassislar muzeyning restavrasiya bo`limi xodimlari bilan suhbatda bo`lib, kelgusida O`zbekiston davlat san`at muzeyi bilan o`zaro hamkorlik o`rnatish, tajriba almashish to`g`risida kelishib oldi.

photo5379836607626062333.jpg

2021 yilda Luvr muzeyida O`zbekiston tarixiga bag`ishlangan ko`rgazma o`tkazilishi haqida xabar bergan edik. Shu bois, fransiyalik mehmonlar muzeyda saqlanayotgan ashyo va kolleksiyalar bilan yana bir bor tanishtirildi. Hamda joriy yilda muzey eksponatlarini restavrasiya qilish, topilmalarni to`g`ri saqlash bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar ko`lami belgilab olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1