AsosiySport

Oliy liga, 26-tur. «Jangovar» durang va irodali g`alabalar

O`zbekiston chempionati 26-tur o`yinlari yakuniga etdi. Oliy liganing so`nggi turi durang natijalar va irodali gollarga boy bo`ldi.
"Paxtakor" klubi safarda "Bunyodkor"dan ikki to`p farqi bilan mag`lubiyatga uchray turib, 3:2 hisobida g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. Shuningdek "Navbahor" - "Dinamo" va "Nasaf" - "Olmaliq" uchrashuvlarida so`nggi daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga bir xil, 2:2 hisobida durang natija qayd etildi. "Lokomotiv" - "Buxoro" uchrashuvida ham so`nggi daqiqalarda kiritilgan gol tufayli durang qayd etildi, faqat bunisida hisob boshqacharoq ko`rinish oldi - 1:1.
Tur doirasidagi eng yirik natija kutilganidan Bekobodda qayd etildi. "Metallurg" o`z maydonida "Mash`al"ni 4:2 hisobida mag`lub etdi. "So`g`diyona" - "Qizilqum" va "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvlarida mezbonlar kichik, 1:0 hisobida g`olib bo`ldilar.
Oliy liga, 26-tur
“Navbahor” - “Dinamo” - 2:2
Gollar: Shaxboz Erkinov 51 (pen), Komil Sharofitdinov 59, Mansur Saidov, 75, Ildar Mamatkazin 90
“Nasaf” - “Olmaliq” - 2:2
Gol: Farrux Sayfiev 16, Artur Gevorkyan 27, Zoxir Primov 45, Shakir Zuagi 90
“Metallurg” - “Mash`al” - 4:2
Gol: Shahzod Nurmatov 5, Abbos Shodmonov 17, Shahzod Nurmatov 27, Jamshid Hasanov 30, Zohid Abdullaev 63,
Sunnatilla Mamadaliev 80
“So`g`diyona” - “Qizilqum” - 1:0
Gol: Eminov 80
“Bunyodkor” - “Paxtakor” - 2:3
Gol: Sardor Rashidov 38, Sardor Rashidov 48, Igor Sergeev 79, Jamshid Iskandarov 88, Igor Sergeev 90+2
“Neftchi” - “Andijon” - 1:0
Gol: Sherzod Hakimov 44,
“Buxoro” - “Lokomotiv” - 1:1
Gol: Oybek Nurboev 26, Aleksandr Geynrix 89

Manba: www.uff.uz   

    Boshqa yangiliklar