Shaxmatga ixtisoslashgan respublika bolalar-o`smirlar sport maktabida ayollar va erkaklar o`rtasida respublika chempionati bo`lib o`tdi.
Ayollar o`rtasida bo`lib o`tgan bellashuvlarda 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to`plagan Mohim Orazmuhammedova (Qoraqalpog`iston) g`oliblik shohsupasining eng yuqori pog`onasidan joy oldi. Keyingi o`rinlar Umida Omonova (Surxondaryo, 7 ochko) va Ozoda Xusainova (Toshkent viloyati, 6,5 ochko) ga nasib etdi.
Erkaklar bahsida qashqadaryolik shaxmatchi Abdumalik Abdusalimov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg`arib, O`zbekiston chempioni bo`ldi. Ibrohim Karimov (Andijon, 7 ochko) va Asilbek Sobirov (Farg`ona, 7 ochko) lar esa ikkinchi va uchinchi o`rinlar bilan kifoyalanishdi.












