O`zbekiston davlat chegarasini muhofaza qilish bo`yicha qo`mita xodimlari ikki nafar Tojikiston fuqarosidan 25 kg ko`knorini olib qo`ydi. Bu paytda ular O`zbekistonning chegaradosh qishloqlaridan birida bo`lishgan, deb yozadi “Novy vek” nashri.
Dastlabki tergov ma`lumotlariga ko`ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida qo`lga olingan tojik fuqarolari O`zbekistonga giyohvand moddalarni sotish uchun kelgan.
Hozir ushbu hodisa bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov ishlari boshlab yuborilgan.
Qayd etib o`tamiz, O`zbekiston hududidan “shimoliy yo`nalish” deb nomlanuvchi giyohvand moddalar trafigi o`tadi. BMT ma`lumotlariga ko`ra, har yili ushbu “yo`nalish” orqali 100 tonnagacha kuchli ta`sir ko`rsatuvchi giyohvand moddalar olib o`tiladi.
manba: anhor.uz
07.11.2014 19:33