AsosiySport

Hamyurtlarimiz IV Osiyo sohil o`yinlarida ishtirok etadi

2014 yilning 14-23 noyabr kunlari Tailandning Pxuket shahrida to`rtinchi marotaba tashkil etalayotgan Osiyo sohil o`yinlari o`tkaziladi. 
Mazkur nufuzli musobaqa dasturidan jami 26 sport turi o`rin egallagan bo`lib, 32 nafar sportchidan iborat delegasiyamiz kurash, sambo, sohil futboli, muaytay, triatlon va zamonaviy beshkurash kabi sport turlari bo`yicha o`tkaziladigan musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qiladi. 
O`zbekiston delegasiyasining dastlabki qismi 12 noyabr kuni Pxuket shahriga jo`nab ketadi. Osiyo sohil o`yinlarining tantanali ochilish marosimi 14 noyabr kuni o`tkaziladi. 
Ma`lumot uchun. Osiyo sohil o`yinlari har ikki yilda o`tkazilib, birinchi o`yinlar 2008 yili Indoneziyaning Bali shahrida bo`lib o`tgan. 
Quyida, Osiyo sohil o`yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar berilgan: 
Kurash – O`ktam Ergashev (-66 kg), Davlat Abraev (-73 kg), Sanjar To`xtashev (-81 kg). 
Muaytay – Qobilbek To`labaev (-48 kg), Bobirjon Tagaev (-60 kg), Naimjon To`xtaboev (-67 kg), Mansurbek Tolipov (-71 kg), Kamoljon Kozimov (-75 kg). 
Sambo – Sherbek Ro`ziev (-68 kg), Farrux Jumaev (-82 kg), Eldor Gulyamov (-100 kg), Shaxlo Yuldasheva (-52 kg), Shohista Safarova (-64 kg), Viktoriya Ozdaeva (-72 kg). 
Sohil futboli – Tohir Abdurazzoqov, Furqat Azizov, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov, Zohid Ibragimov, Faxriddin Samegov, Farhod Mirahmedov, Oleg Tukmakov, Jamoliddin Sharipov, Akmal Choriev. 
Triatlon – Alina Xakimova, Dmitriy Zaysev, Ilyosbek Yunusov, Javohir Yunusov, Shohrux Yunusov, Zuhra Vohidova. 
Zamonaviy beshkurash – Arina Djonalieva, Yuriy Galushko
Delegasiya rahbari – Bahodir Xusanxo`jaev

Manzil: O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar