1

Bo`g`ib o`ldirilgan 15 yoshli qizning qotili o`gay akasi bo`lib chiqdi

Madaniyat 08.02.2019, 21:16
Bo`g`ib o`ldirilgan 15 yoshli qizning qotili o`gay akasi bo`lib chiqdi

Toshkentning Yunusobod tumanida bo`g`ib o`ldirilgan maktab o`quvchisining qotillik ishi bo`yicha yangi tafsilotlar paydo bo`ldi.

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15 yashar maktab o`quvchisining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi.

Tergov-tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20-yoshli E.A. ushlangan.

Keyinroq ma`lum bo`lishicha, qo`lga olingan shaxs – qizning o`gay akasi. Dastlabki xabarlarga ko`ra, u ushbu qotillikni ular o`rtasida kelib chiqqan o`zaro janjal oqibatida sodir etgan.

Mazkur qotillik yuzasidan Toshkent prokuraturasi O`zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Hozirda jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1