Endi mamlakatimizda ham rasmiy tarzda aralash qoidalar bo`yicha O`zbekiston MMA chempionati o`tkaziladi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Ilk tarixiy O`zbekiston chempionatiga Nukus shahri mezbonlik qiladi. Birinchi mamlakat chempionatida jami 8ta vazn toifasida chempionlar aniqlanadi. Sportchilar -56,7, -61,2, -65,8, -70,3, -77,1, -84, -93 hamda +93 kg vazn toifalarida bahslarga kirishishadi.
Rejaga ko`ra, O`zbekiston chempionati 17 fevral kuni o`tkaziladi. Olimpiya tizimidagi saralash bahslari soat 10:00dan boshlanadi. Soat 17:00da esa final janglariga start beriladi. 16 fevral kuni sportchilarni tarozidan o`tkazish marosimi tashkil etiladi.






