AsosiySport

O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasiga rais saylandi

'O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasiga rais saylandi'ning rasmi

Bugun, 11 fevral kuni Milliy olimpiya qo`mitasida O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda MOQ.

Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining hududiy bo`limlari vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

O`tkazilgan hisobot-saylov Konferensiyasi kun tartibidan o`rin olgan eng asosiy masala federasiyaga yangi rahbar saylashdan iborat edi.

Ushbu lavozimga Abdullaev Feruz Tal`atovich nomzodi taklif etildi. Ishtirokchilar bir ovozdan ko`rsatilgan nomzodni qo`llab-quvvatladilar.

Ma`lumot uchun, Feruz Abdullaev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkor.

    Boshqa yangiliklar