AsosiySport

"Uzbek Tigers" jamoasi tarqatib yuborildi

'"Uzbek Tigers" jamoasi tarqatib yuborildi'ning rasmi

Butunjahon boks seriyalari WSB musobaqalarida ishtirok etib kelgan O`zbekistonning "Uzbek Tigers" jamoasi faoliyatini to`xtatdi. Bu haqda "GoSport.uz" nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yangi mavsumda O`zbekiston boks federasiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoani moliyalashtirishni to`xtatishga qaror qilgan. Bunda havaskor boks bo`yicha terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida ko`rsatilgan.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil boshida ham "Uzbek Tigers" jamoasining tugatilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabarlar inkor etilgan va jamoa musobaqada ishtirok etgandi.

2 fevral kuni boks federasiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov iste`foga chiqqan va uning o`rniga Saken Po`latov vise-prezidentlik lavozimini egallagandi.

Ma`lumot uchun, "Uzbek Tigers" jamoasi 2016 yildan buyon WSB musobaqalarida ishtirok etib keladi. Jamoa birinchi mavsumdagi ishtirokidayoq musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan va bronza medallari bilan taqdirlangandi. 2017 yilgi mavsumda jamoa chorak finalga qadar etib borgan.

    Boshqa yangiliklar