Argentina terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo`yicha sobiq murabbiyi Fernando Sinorini sobiq bosh murabbiy Maradonani himoya qilib chiqdi.
"Ishqilib Maradona o`lgunicha, bor-budini shilib olishmasa, bo`lgani. Uning uchun tashvishlanish kerak bo`lganda, tashvishlanmadik. Endi uni tinch yashab, tinchgina olamdan o`tishiga qo`yib bering.
Uni tergashi mumkin bo`lgan yagona inson - bu Rim Papasi. Undan tashqari hech kim", - deydi Sinorini.