AsosiySport

O`zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi musobaqada ishtirok etadilar

'O`zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi musobaqada ishtirok etadilar'ning rasmi

13-20 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo`yicha 70-an`anaviy "Strandja" turniri bo`lib o`tadi.

Musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo`lqop ustasi ishtirok etadi. Shu jumladan, O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham bahslarda sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Aliyor Noraliev
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Xurshid Abdullaev
-91 kg: Sanjar Tursunov.

Murabbiylar:

Ilyos Rahimjonov
Bahodir Erkaev

Shuningdek, Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.

    Boshqa yangiliklar