Marokash qiroli Afrika futbol konfederasiyasiga Afrika Millatlar kubogi musobaqasini 2016 yilga ko`chirishni rasman taklif qildi.
Qirol 2015 yilning yanvar oyida o`tishi kerak bo`lgan musobaqani 2016 yilda o`tkazishni taklif qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Afrika kubogi 2015 yilning yanvar oyida Marokash mamlakatida bo`lib o`tishi lozim edi, ammo ebola epidemiyasi tufayli oktyabr oyida Marokash hukumati musobaqani o`tkazishdan bosh tortgan edi.
Afrika futbol konfederasiyasi 11 noyabr kuni AMK borasida hal qiluvchi qarorni chiqaradi.





