AsosiySport

"Arsenal" Bekxemning o`g`li bilan shartnoma imzoladi

"Arsenal" "Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi Devid Bekxemning o`g`li bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Agar 15 yoshli Bruklin Bekxem “kanonior”larning talablariga mos kelsa, unga uzoq muddatli kelishuv taklif etiladi.

"Bruklin iste`dodli, u mashqlar hamda o`yin paytida boshqalardan ajralib turadi. Unga juda ko`p klublar qiziqish bildirishdi. "Arsenal" Bruklinda juda katta qobiliyat borligigini biladi”, - deb yozadi Daily Star nashri.

Eslatib o`tamiz, Devidning 12 yoshli Romeo Bekxem ham “Arsenal” klubida to`p suradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar