AsosiyDunyo

Argentinada «Muzlik davri» multfilmi qahramonlariga o`xshash hayvonning 1,5 metrlik suyagi topildi

Argentinalik quruvchilar Santa-Fe provinsiyasidagi San-Lorenso shahrida fundament ostidagi xandakni kavlayotganida qazilma hayvon suyagiga duch keldi. Topilma uzunligi 1,5 metrdan oshadi, deb xabar bermoqda TASS.

Olimlarning taxminlariga ko`ra, suyak u topilgan erlarda 10 ming yilcha avval yashagan yirik sut emizuvchining tegishlidir.

Tadqiqotchilar guruhi vakili Xuan Nobile bu topilma qaysi davr va qanday hayvon turiga taalluqli ekani tahlillardan so`ng aniq bo`lishini ma`lum qildi. «Suyak topilgan chuqurlik hamda dastlabki belgilarga ko`ra, u 10 ming yil avval shu erlarda yashagan mastodontlardan bo`lishi mumkin», — dedi vakil.

«Bu erda gap mashhur ‘Muzlik davri’ animasion multfilmida uchratish mumkin bo`lgan hayvonlar haqida ketmoqda», — deb ta`kidlab o`tdi Nobile.

Olimlar shu er yaqinida boshqa suyaklar ham topilishi mumkinligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar