AsosiySport

Ravshan Ermatov Turkiya – Braziliya o`rtoqlik uchrashuvini boshqaradi

FIFA referisi Ravshan Ermatov Turkiya Futbol Federasiyasi taklifiga ko`ra, 12 noyabr kuni Istanbul shahrida bo`lib o`tadigan Turkiya va Braziliya terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradi.

Mazkur o`rtoqlik uchrashuvida Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

Turkiya hamda Braziliya milliy terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Istanbuldagi "Şukru Saracoğlu" stadionida bo`lib o`tadi.

Manba: www.the-uff.com   

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar