AsosiySport

Markaziy Osiyo basketbol assosiasiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko`chirildi

'Markaziy Osiyo basketbol assosiasiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko`chirildi'ning rasmi

Joriy yilning 13 fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo basketbol assosiasiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda Xalqaro basketbol federasiyalar assosiasiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi bo`yicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederasiyaga a`zo mamlakat vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur yig`ilishda o`zbek basketboli uchun tarixiy bo`lgan voqeliklardan biri ro`y berdi. Unga ko`ra, tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko`chirildi. Quvonarlisi, Konferensiya davomida bir yo`la ikki nafar hamyurtimiz CABAning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi.

MOQ xabariga ko`ra, O`zbekiston basketbol federasiyasining birinchi vise-prezidenti Xurshid G`iyosov CABAda g`aznachilik bo`limini boshqaradigan bo`ldi. Shuningdek, O`zbekiston basketbol federasiyasi Bosh kotibi Ravshan G`aniev mintaqaviy Konfederasiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi.

Ma`lumot uchun, mazkur Konfederasiya O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federasiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozog`istonning Almati shahrida joylashgan edi.

    Boshqa yangiliklar