AsosiySport

Vitaliy Denisov «Torpedo»ga qarshi kechgan o`yindan so`ng libosini nogiron kishiga sovg`a qildi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya chempionati doirasida "Torpedo"ga qarshi kechgan va 1:0 hisobida "temiryo`lchilar"ning g`alabasi bilan yakuniga etgan uchrashuvdan so`ng libosini nogiron kishiga sovg`a qildi.

Buning uchun O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi ancha urinishiga to`g`ri keldi. Uchrashuv yakuniga etgach, Vitaliy Denisov kutilganidek boshqa futbolchilar qatori "Lokomotiv" muxlislar klubi joylashgan tribuna tomonga emas, balki qarama-qarshi tomon yurdi. Vitaliy  "Lokomotiv" klubi sharfini taqqan nogironlar aravachasidagi kishi oldiga kelgach, baland to`siq ustiga chiqib, tribuna tomon engashgan va libosini unga sovg`a qilgan. Shundan so`ng himoyachi nogiron kishining elkasiga do`stona urib qo`yib, qo`lini siqqan va ortiga qaytib ketgan.

Rossiyadagi bir qator nashrlar Vitaliy Denisovning bu harakatini "Ramenskiy" stadionidagi eng olijanob ish" deb baholamoqda. Eslatib o`tamiz, Vitaliy Denisov 2013 yilda O`zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.

Manba: www.uff.uz   

    Boshqa yangiliklar