1

Samarqandda 1 kilogramm marixuana savdosi oldi olindi

Jinoyat 16.02.2019, 11:41
Samarqandda 1 kilogramm marixuana savdosi oldi olindi

2019 yil 28 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB hamda Ishtixon tuman IIB xodimlari hamkorlikda Ishtixon tumani Orlot mahallasi hududida o`tkazgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan fuqaro M.B. va shu tumanda yashovchi M.A. bilan jinoiy til biriktirib, Jomboy tumani A.Qurbonov mahallasida yashovchi, fuqaro G`.S. o`g`liga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasidan taksi sifatida foydalanib tadbirda xaridor tariqasida jalb qilingan “Shurik” va “Koba” ismli shaxslarga 1045,42 (bir ming qirq besh gramm, qirq ikki milligramm) og`irlikdagi marixuana giyohvandlik moddasini 52 million so`mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida B.M. “marixuana” giyohvandlik moddasi o`ziga tegishli ekanligini, ushbu marixuana giyohvandlik moddasini 2018 yil may oylarida Bulung`ur tumanida ijaraga olgan dala maydoniga ekib, etishtirganligini bildirgan.

Ayni paytda Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1