AsosiyJamiyat

Taxiatoshlik ikki oilaning farzand ko`rgani 17 yildan keyin rasman tasdiqlandi

'Taxiatoshlik ikki oilaning farzand ko`rgani 17 yildan keyin rasman tasdiqlandi'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi va tuman FHDYo organlari tomonidan xonadonma-xonadon yurib o`tkazilgan, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirda Taxiatosh tumanining “Naymankul” qishloq fuqarolar yig`ini chekka hududi hisoblangan qo`shni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh “Shatirauk” aholi yashash punktida 2 ta oilaning 2001-yilda tug`ilgan 16 yoshdan oshgan va tug`ilganlik haqida guvohnomaga ega bo`lmagan farzandlariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Guvohnoma topshirilishi jarayonida Seytov Guchbay Klichmetov hozirda farzandi 17 yoshga to`lganligi va shu yil oliy o`quv yurtiga hujjat topshirish niyatida ekanligini bildirdi. Ammo uning farzandi avvallari tegishli hujjatlarga ega bo`lmagani uchun fuqarolik huquqlaridan foydalana olmagan. Endilikda bu muammolar hal etildi. Guchbay Kulmetov davlat xizmatlari agentligi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi rahbariyati va Taxiatosh tumani FHDYo xodimlari hujjatlarni fuqarolarning uylariga sovg`alar bilan etkazib berdi.

    Boshqa yangiliklar