AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi YTHda velosipedchi halok bo`ldi

'Surxondaryodagi YTHda velosipedchi halok bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 16 fevral kuni soat 09.00larda E.Sh. o`zining “Tayota Corolla” rusumli avtomashinasini Oltinvoha mahallasi hududidan o`tuvchi yo`lining 1408-km.da haydab ketayotib, yo`l chetida velosiped haydab ketayotgan Oltinvoha mahallasida yashagan Sh.X.ni urib yuborgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Sh.X. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


    Boshqa yangiliklar