1

Farg`onada ikki fuqaro taksiga yo`lovchi sifatida o`tirib,talonchilik qildi

Jinoyat 17.02.2019, 20:02
Farg`onada ikki fuqaro taksiga yo`lovchi sifatida o`tirib,talonchilik qildi

Farg`ona viloyatining Uchko`prik tumanida 2019 yil 16 fevral kuni Qo`qon shahar Buloqboshi ko`chasida yashovchi Sh.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 14 fevral kuni Uchko`prik tumanida yashovchilar, S.V. va N.S.lar uning “Matiz” rusumli avtomashinasiga Qo`qon shahar To`qqizbuloq ko`chasida yo`lovchi sifatida o`tirib, Uchko`prik tumani Xoshim dasht qishlog`i hududiga etib kelgan vaqtlarida S.V., N.S.lar uni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, “Asus” mobil telefoni, telefon quvvatlash moslamasi, fleshka, va pullarini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma`lum qilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko`rilgan choralar natijasida S.V., N.S.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1