1

Xorazmda bangixona tashkil etgan guruh faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 18.02.2019, 09:49
Xorazmda bangixona tashkil etgan guruh faoliyatiga chek qo`yildi

Xorazm viloyat sudida o`tgan ochiq sud majlisida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullangan va bangixona tashkil etgan guruh a`zolariga sud hukmi o`qildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

O`ktam, Javlon va Mansur (ismlari o`zgartirilgan) ismli shaxslar, bir guruh bo`lib giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanish yo`liga kiradilar. Jumladan, sudlanuvchi O`ktam Samarqand viloyatida yashovchi Mansur bilan kelishgan holda, undan har bir gramm “opiy” giyohvandlik moddasini 250.000 so`mdan hisoblab, 8.88 grammga teng bo`lgan ko`p miqdordagi “opiy” giyohvandlik vositasini 400 AQSh dollariga sotib olib, Samarqand viloyatidan yo`lovchi mashinada Xorazm viloyatiga olib kelib, Javlonga sotgan.

Javlon shu vaqtning o`zida giyohvandlik moddasini olib, o`zining yashab kelayotgan uyining mehmonxonasida giyohvandlik vositasini iste`mol qilish uchun bangixona tashkil qilgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi O`ktamga 7 yil, Javlonga 8 yil va Mansurga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlandi.

Shuningdek, sudlanuvchi Mansur muqaddam o`ta og`ir jinoyati uchun 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligi va sudlanganlik muddati o`tmasdan yana o`ta og`ir jinoyat sodir etganligi sababli Jinoyat Kodeksining 34-moddasiga asosan o`ta xavfli residivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

Ma`lumot o`rnida shuni ta`kidlash joizki, 2018 yil davomida jinoyat ishlari bo`yicha Xorazm viloyat, tuman (shahar) sudlari tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bog`liq jami 162 nafar shaxsga nisbatan 108 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1