1

Jizzaxda 1 kgdan ortiq marixuanani 1 mln so`mga sotayotgan 2 fuqaro ushlandi

Jinoyat 18.02.2019, 10:57
Jizzaxda 1 kgdan ortiq marixuanani 1 mln so`mga sotayotgan 2 fuqaro ushlandi

Jizzax viloyatining Mirzacho`l tumanida 14 fevral kuni viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzacho`l tumani «O`zbekiston» QFYda yashovchi fuqaro E.Y. va shu QFY Turkiston fermer xo`jaligiga qarashli Agrofirma binosida yashovchi I.E.lar «O`zbekiston» QFY hududida 1 kg 165 g marixuana giyohvandlik vositasini 1 000 000 so`m pul evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1